Armanistonda parlament saylovlari boshlandi (video)

Olam

image

Armanistonda bugun, 7 iyun kuni muddatidan oldin parlament saylovlari boshlandi, bu saylovlar natijasida yangi hukumat shakllantiriladi. Mamlakatda 2,49 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Bu haqda “News.am” xabar berdi.

Ovoz berish uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochildi va 20:00 gacha ishlaydi. Saylovlarda 2 ta siyosiy blok va 16 ta partiya ishtirok etmoqda. Ular orasida amaldagi Bosh vazir Nikol Pashinyan rahbarligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi ham bor.

Saylov kampaniyasining asosiy mavzulari Armanistonning Rossiya bilan munosabatlari va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish masalasi bo‘ldi. “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi Yevropa integratsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Muxolifat partiyalari esa, xususan, sobiq prezident Robert Kocharyan boshchiligidagi “Armaniston” bloki va Samvel Karapetyan yetakchiligidagi “Kuchli Armaniston” bloki Rossiya bilan hamkorlik tarafdori sifatida chiqmoqda.

Saylov arafasida mamlakat Markaziy saylov komissiyasi “Kuchli Armaniston” partiyasidan deputatlikka nomzod bo‘lgan 6 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ta’qibga ruxsat bergan.

Dastlabki natijalar saylovdan keyingi kun e’lon qilinadi, yakuniy natijalar esa 7 kungacha aniqlanadi. Rasmiylarga ko‘ra, yakuniy siyosiy manzara yirik shaharlardan keladigan ovozlar asosida kechasi shakllana boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan saylovoldi debati paytida Armaniston kerak bo‘lsa, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) chiqishi mumkinligi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston parlament saylovlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing