“Arsenal”ning chempionlik paradida 1 mln muxlis qatnashdi
Sport
−
01 iyun 1425 2 daqiqa
Londonda “Arsenal” futbol klubining chempionlik paradini 750 mingdan 1 milliongacha muxlis tomosha qildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya Premer-ligasi chempionlarini olib o‘tgan ochiq avtobusning taxminan 9 kilometrlik yo‘nalishi bo‘ylab shuncha odam to‘plangan.
Asosan qizil va oq futbolka kiygan odamlarni daraxtlar, avtobus bekatlari va ko‘cha chiroqlari ustida ham ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Islington hududi bo‘ylab o‘tgan parad taxminan ikki yarim soat davom etdi. Biroq tadbir yakunlanganidan bir necha soat o‘tgach ham muxlislar ko‘chalarda g‘alabani nishonlashni davom ettirgan. Ayrim holatlarda jamoat tartibi buzilib, to‘qnashuvlar ham qayd etilgan.
Skotlend-Yard ma’lumotiga ko‘ra, 16 kishi hibsga olingan, ularning oltitasi politsiya xodimlariga hujum qilgani uchun ushlangan. Shuningdek, bir kishi pichoqlanib, vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Uning holati hozircha noma’lum.
Poytaxt klubining ushbu chempionligi 2003-2004 yilgi mavsumdan keyingi ilk muvaffaqiyat bo‘ldi. Bu “Arsenal”ning Angliya chempionatidagi 14-g‘olibligi bo‘lib, klub bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Yunayted” va “Liverpul”dan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumot uchun, klub bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta 2019 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub 2020 yilda Angliya Kubogi hamda 2020 va 2023 yillarda Liga Kubogi sovrinlarini qo‘lga kiritgan.

Live
Barchasi