Asaubayeva va Sindorov “Formula 1” ko‘rishga bordi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva bilan “Formula 1” bo‘yicha Monako Gran-prisiga bordi. Bu haqda Asaubayeva o‘zining Telegram-Kanalida ma’lum qildi.

22 yoshli Bibisora yaqinda Osloda bo‘lib o‘tgan Norvegiya shaxmat turniri tarixidagi eng yosh chempion bo‘ldi. Shundan so‘ng u “Formula 1” bo‘yicha Monako Gran-prisida ishtirok etish uchun Sindorov bilan Monte-Karloga uchib ketdi.

Asaubayeva shahar va poyga o‘tkazilgan trassadan olingan suratlar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u poyga yo‘nalishida velosipedda sayr qilish imkoniga ega bo‘lgani va VIP mehmon sifatida ishtirok etganini ma’lum qildi.

“Men “Formula 1” poygasining so‘nggi kunida qatnashdim. Bu juda qiziqarli bo‘ldi va men Donald Trampning o‘g‘li kabi ko‘plab mashhurlarni ham ko‘rdim”, deb yozgan Asaubayeva.

Qozog‘istonlik grossmeysterga yil oxirida jahon shaxmat toji uchun kurashadigan amaldagi nomzodlar turniri ishtirokchisi, o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bilan o‘zaro munosabatlari borligi haqida taxminlar mavjud, biroq ular buni rasman tasdiqlamagan. Sindorov o‘zi musobaqada ishtirok etmagan bo‘lsa ham Asaubayevani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Norvegiya shaxmat turnirida Bibisoraga hamrohlik qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov “Formula 1” Bibisara Asaubaeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing