ASMAN AUTO O‘zbekistonda MG va Wuling brendlar portfeli bilan ish boshlaydi

Biznes

image

ASMAN AUTO qo‘shma korxonasi xalqaro “Mansour Automotive Group” xoldingi va “Asaka Motors” kompaniyasi strategik alyansining samarasi bo‘ldi. Maqolada modellar qatori va narxi keltirilgan. 

Xalqaro “Mansour Automotive Group” xoldingi va “Asaka Motors” kompaniyasi ASMAN AUTO qo‘shma korxonasini tashkil etish haqida e’lon qildilar. Tomonlar yaqin besh yil ichida 120 mln AQSH dollari kiritishni rejalashtirganlar.

Boshlang‘ich bosqichda loyiha “Asaka Motors” zavodi bazasida yirik uzelli yig‘uv (SKD) tashkil etishni, keyinchalik mayda uzelli ishlab chiqarish (CKD)ga o‘tishni ko‘zda tutadi. Avtomobillarni sotish va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan ASMAN AUTO shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston kuchli iqtisodiy fundamental ko‘rsatkichlarga ega istiqbolli avtomobil bozori sanaladi. ASMAN AUTO orqali biz qiymat hosil qilishning butun zanjiri bo‘ylab global standartlarni joriy etishga intilib, innovatsion mahsulotlar, ilg‘or texnologiyalar va mijozga yo‘nalgan yondashuvni taklif etamiz. Maqsadimiz – O‘zbekistonda jahon darajasidagi distributsiya va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish, yangi sifat, ishonchlilik va xizmat ko‘rsatish standartlarini o‘rnatishdir”, — rejalar bilan o‘rtoqlashdi “Mansour Automotive Group” xalqaro biznes yo‘nalishi rahbari Jagat Randxva. 

Modellar qatori: Britaniya merosidan elektromobillargacha

ASMAN AUTO mahsulot portfeli turli narx segmentlarida xaridorlar ehtiyojlarini qondiruvchi xalqaro brendlarni o‘z ichiga oladi.

  • MG (Morris Garages) — 100 yillik tarixga ega afsonaviy Britaniya brendi. O‘zbekistonda 3 ta model taqdim etiladi: ishchan MG 5 sedani, ixcham MG ZS yo‘ltanlamasi va flagman MG HS yo‘ltanlamasi.
  • Wuling — kundalik hayot uchun zamonaviy va funksional avtomobillar brendi. Ilk modellar kichik biznes va tijoriy tashishlarga mo‘ljallangan Wuling Bardosh miniveni va Wuling Afzal yo‘ltanlamasi bo‘ladi. Bir necha oydan keyin ASMAN AUTO modellar qatoriga Wuling Bingo S elektr yo‘ltanlamasini qo‘shadi.

Xaridorlar uchun qulay shartlar taqdim etiladi: 18 oygacha muddatli bo‘lib to‘lash, boshlang‘ich to‘lov 25% dan va 0% foiz stavkasi bilan.

Infratuzilma va hammaboplik

ASMAN AUTO infratuzilmasining rivojlanishi bosqichma-bosqich o‘tadi. Birinchi bosqichda Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro va Andijonda 10 ta dilerlik markazi ochiladi. Keyingi ikki yilda tarmoq butun mamlakat bo‘ylab 25 ta ob’ektgacha kengayadi.

Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun korxona 6–8 servis markazi va ehtiyot qismlarini taqsimlash xablaridan iborat tarmoqni yaratadi. Avtomobillarning hammabopligini oshirish uchun ASMAN AUTO O‘zbekistonning yetakchi banklari, lizing va sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikda moliyalash va sug‘urtalash dasturlarini joriy etadi.

“Hamkorlik O‘zbekiston avtomobil tarmog‘ini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan umumiy intilishimizni aks ettiradi. U investitsiyalar, ish o‘rinlarini yaratish va barqaror sanoat taraqqiyotiga bo‘lgan uzoq muddatli sodiqligimizni tasdiqlaydi. Birgalikda biz yuqori sifatli avtomobillarni yetkazib beramiz, bir vaqtning o‘zida barqaror, mamlakat iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi va mobillikka bo‘lgan o‘zgaruvchan ehtiyojni qondiruvchi kelajakka tayyor biznesni yaratamiz”, — deb qayd etdi “Asaka Motors” bosh direktori Avazbek Jalilov.

Iqtisodiy samara

ASMAN AUTO qo‘shma korxonasi 2 000 ta bevosita va bilvosita ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy kadrlarni yetishtirish, yetkazib berish zanjirini mustahkamlash va avtomobil tarmog‘ini modernizatsiyalash orqali O‘zbekiston iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Tomonlar, shuningdek, alyansning uzoq muddatli maqsadi — O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy avtomobil va logistika xabiga aylantirish ekanini ta’kidladilar.

Instagram ASMAN AUTO
Instagram MG

Ma’lumot uchun

Mansour Automotive Group — Misrning 50 yillik tarixga ega yetakchi avtomobil guruhi. Bugungi kunda kompaniya Yaqin Sharq va Afrikaning 15 ta mamlakatida ish yuritadi, shuningdek Chevrolet, GMC, Cadillac, Isuzu, Opel, Peugeot, BYD, Soueast va MG kabi yetakchi jahon brendlarining hamkori sanaladi. 

Xolding GM mahsulotlarining Xitoydan tashqari dunyodagi eng yirik distribyutori deb tan olingan. Ushbu mintaqaviy konglomerat aktivida 125 dan ziyod sotuvlar va servis xizmatini ko‘rsatish markazlari mavjud. Kompaniya shtati esa, 1 500 dan ziyod yuqori malakali xodimlarni tashkil qiladi.

Asaka Motors — transport vositalarini ishlab chiqarish, distributsiya va servis xizmatini ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston avtomobil kompaniyasi. Sirdaryo viloyatida o‘z zavodiga ega bo‘lib, xalqaro brendlar portfelini boshqaradi, ular qatorida: Hyundai, EXEED, Opel, Fiat va boshqalar.

“Asaka Motors” faoliyati mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishdan to butun respublika bo‘ylab keng yoyilgan dilerlik tarmog‘ini qurishgacha bo‘lgan to‘liq siklni qamrab oladi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

ASMAN AUTO MG Wuling

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar