Atigi 7 davlat havosi JSST standartlariga javob beradi

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘ylab bor-yo‘g‘i yetti mamlakat havo sifatining xalqaro standartlariga javob beradi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga tayanib, “The Guardian” nashri xabar berdi. 

JSST dunyo mamlakatlaridagi havo sifati standartlarga mos kelish-kelmasligini o‘rgangan. Ko‘rib chiqilgan 134 mamlakat va hududdan faqat yettitasi tashkilotning avtomobillar, yuk mashinalari va sanoat transport vositalaridan chiqadigan mayda zarrachalar chegarasiga javob bergan. Havoning normaligi Avstraliya, Estoniya, Finlyandiya, Grenada, Islandiya, Mavrikiy va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda qayd etilgan.

Dunyo bo‘ylab 30 mingdan ortiq kuzatuv stansiyalaridan ma’lumotlarni to‘playdigan Shveysariyaning IQAir havo sifati agentligi hisobotiga ko‘ra, ko‘pchilik mamlakatlar havosi PM2.5 standartiga javob bera olmaydi. Bu atmosferaning buzilishi nafas olish, sog‘liq muammolarini keltirib chiqaradi va o‘limga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, IQAir eng ifloslangan mamlakatlar ro‘yxatini ham hisobotda keltirib o‘tgan. Shunday mamlakatlardan biri Pokistonda PM2.5 darajasi JSST standartlaridan 14 baravar yuqori. Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Hindiston, Tojikiston va Burkina-Faso havosi eng ifloslangan davlatlar ekani aniqlandi.

Hisobotga ko‘ra, dunyodagi eng ifloslangan shaharlarning 83 tasi Hindistonda joylashgan. Hindiston bo‘ylab 1,3 milliard odam yoki aholining 96 foizi JSST ko‘rsatmalarida ko‘rsatilganidan yetti baravar yuqori zararlangan havodan nafas oladi.

Bundan tashqari, G‘arbdagi havosi eng toza davlat deb hisoblangan Kanada o‘tgan yili rekord darajadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli havosi ifloslangan mamlakatlar qatoridan joy oldi.

Xitoyda esa havo sifatining yaxshilanishi COVID-19 avj olganidan keyingi iqtisodiy tiklanish tufayli to‘xtab qolgan. Oxirgi o‘lchovlarda PM2.5 darajasining 6,5 foizga oshishi aniqlangan.

Havoning ifloslanishi dunyo bo‘ylab yiliga taxminan 7 million odamni o‘ldiradi. Bu raqam OITS va bezgakdan vafot etganlar sonidan ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili faqat 10 ta mamlakatda havo sifati sog‘lom deb topilgan. Bular Finlyandiya, Estoniya, Puerto-Riko, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Bermuda, Grenada, Islandiya, Mavrikiy va Fransuz Polineziyasi davlatlari edi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

havo sifati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar