Atrofdagilardan qurol so‘ragan fuqaro shifoxonaga joylashtirildi

3-sahifa

image

Kecha, 14 fevral kuni atrofdagilarga o‘zining uyali telefoni orqali qurol suratini ko‘rsatib, uni qayerdan xarid qilish mumkinligini so‘ragan fuqaro  ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida 2006 yilda tug‘ilgan S.M. ismli fuqaro atrofdagilarga o‘zining uyali telefoni orqali qurol suratini ko‘rsatib, uni qayerdan xarid qilish mumkinligi haqida so‘ragan. Shundan so‘ng u voqea joyini tark etgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida mazkur fuqaroning ruhiy nosog‘lom ekani aniqlanib, ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 34 yoshli ruhiy nosog‘lom ayol oshxona pichog‘i bilan 7 yoshli qiziga bir necha marta zarba berib, o‘ldirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar IIBB Mirobod tumani Taras Shevchenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing