Attestatsiya bo‘yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandimi?
Jamiyat
−
29 noyabr 1570 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda attestatsiya bo‘yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklangani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 26 noyabrdagi VM-740-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ning tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, test dasturi bo‘lgan test.uzedu.uz maxsus platformasi orqali test sinovlari jarayonining o‘zida ham pedagog tomonidan murojaat yuborish (e’tiroz bildirish) imkoniyati yaratildi.
Murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish maqsadida Nizom talablariga muvofiq, apellyatsiya komissiyasi tarkibiga muammoli holatlarga aniqlik kiritish uchun jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etish yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlar pedagogning apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishdagi jarayonni to‘liq tartibga solib, ularni apellyatsiya shikoyatini berish huquqini saqlab qolgan.
Bundan tashqari, apellyatsiya komissiyasi qarori komissiya tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish yakunlangan zahoti murojaatchining shaxsiy kabinetiga murojaatga javob shaklida yuboriladi hamda uning so‘roviga ko‘ra, apellyatsiya komissiyasi qarorining tegishli qismidan ko‘chirma taqdim etilishi va bevosita tegishli tashkilotga tashrif buyurgan holda o‘zining murojaati natijalariga oid hujjatlar bilan tanishib ketishiga monelik ko‘rsatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar soni 564 900 nafarni tashkil etishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi