Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘tgan oy boshida O‘zbekistonda avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar 68 baravarga oshirilgan va bu jamoatchilik orasida norozilik tug‘dirgandi. Oradan bir oy o‘tib, bunday tartib bekor qilindi va avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar oldingi narxga qaytdi. Bu haqdagi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning tegishli buyrug‘i e’lon qilindi.

Hujjatga muvofiq, avtomototransport vositalari, elektromobillar, avtomototransport vositalari va tirkamalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish stavkasi endilikda BHMning 10 foizini (34 ming so‘m) tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida o‘zgartirilgan tartibga ko‘ra, elektromobillar, avtomototransport vositalari va tirkamalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im BHMning 1,5 baravari (510 ming so‘m), boshqa avtomobillar uchun esa BHMning 6,84 baravari (2 million 325 ming so‘m) to‘lanishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' ro'yxatdan o'tkazish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made