“Avvalo, farosat bo‘lishi kerak”. Makron Trampni keskin tanqid qildi (video)

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Hormuz bo‘g‘ozini harbiy yo‘l bilan ochishga urinishni real emas deb baholadi. Unga ko‘ra, Fransiya hech qachon bu masalani kuch ishlatib hal qilish tarafdori bo‘lmagan. Bu haqda u kecha, 2 aprel kuni jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘ozni harbiy operatsiya orqali ochish g‘oyasi amalda ishlamasligi mumkin, chunki bu qancha vaqt olishi noma’lum va shu hududdagi davlatlar qirg‘oqlari xavf ostida qoladi.

Fransiya Prezidentining ta’kidlashicha, Parij urush boshlangandan beri bo‘g‘ozni ochish masalasini Eron bilan kelishuv orqali, ya’ni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish tarafdori bo‘lib kelmoqda. Uning fikricha, buning uchun avvalo mojaroning keskin bosqichi tugashi va keyin muzokaralar qayta boshlanishi kerak.
Makron, shuningdek, “sug‘urta missiyasi” deb atalgan tashabbusni yana bir bor eslatgan. Bu tashabbus harbiy hujum emas, balki mudofaa xarakteridagi choralar bo‘lib, unda turli davlatlar ishtirok etib, mojarodan keyin tankerlar va portlar xavfsizligini ta’minlashga qaratiladi.

Shuningdek, Fransiya Prezidenti Trampni ushbu mojaroda o‘ziga o‘zi zid chiqishda ayblagan.

“Jiddiy bo‘lish kerak. Agar jiddiy bo‘lishni istasangiz, kecha aytgan gapingizga bugun teskari gapirmaysiz. Har kuni gapirish shart emas”, degan Makron. 

Shuningdek, u Trampning NATO ittifoqchilarini tanqid qilishi va AQSHni alyansdan olib chiqish haqidagi tahdidlariga ham to‘xtalib o‘tgan. Makronning fikricha, AQSH Prezidenti o‘zining ittifoq oldidagi majburiyatlariga nisbatan shubha uyg‘otish orqali NATOni zaiflashtirmoqda.

Bundan tashqari, Makron Trampning u va rafiqasi Brijit haqidagi masxarali izohlariga munosabat bildirib, buni farosatga ham, standartlarga ham to‘g‘ri kelmaydigan harakat deb baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning ustidan keskin hazil qilib, fransuz yetakchisining rafiqasi unga yomon munosabatda bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Hormuz bo'g'ozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing