Ayollar o‘rtasidagi “Australian Open” finalchilari aniq bo‘ldi
Sport
−
29 yanvar 1780 1 daqiqa
Joriy yilning ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bahslari finalchilari aniq bo‘ldi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsida qozog‘istonlik Yelena Ribakina va belaruslik Arina Sobolenko bilan kortga chiqadi.
Yarim finalda Yelena Ribakina amerikalik Jessika Pegulani 6/3, 7/6, 9/7 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi yarim finalda Arina Sobolenko ukrainalik Elina Svitolinani 6/2, 6/3 hisobida mag‘lub etdi va Avstraliya ochiq chempionati finaliga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Yelena Ribakina Moskvada tug‘ilgan va 2018 yilgacha Rossiya sharafini himoya qilgan. U 2022 yilda Qozog‘iston fuqaroligini qabul qilib, shundan buyon barcha xalqaro turnirlarda Qozog‘iston nomidan ishtirok etadi. Shuningdek, Ribakina 2022 yilda Uimbldonda g‘olib chiqqan va 2023 yilda Avstraliya ochiq chempionati finaliga chiqib, o‘sha paytda Sobolenkoga yutqazgan. Arina Sobolenko esa 2023 va 2024 yillarda Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib bo‘lgan, biroq o‘tgan mavsumda finalda amerikalik Medison Kizga imkoniyatni boy bergan. Musobaqaning final uchrashuvi joriy yilning 1 fevral kuni yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi qariyb 75 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Live
Barchasi