Ayollar o‘rtasidagi “Rolan Garros” g‘olibi aniqlandi
Sport
−
14:43 922 1 daqiqa
Kecha, 7 iyun kuni tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionati ayollar o‘rtasidagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning sakkizinchi raketkasi bo‘lmish Mirra Andreyeva mavsumdagi ikkinchi “Katta dubulg‘a” turniri “Rolan Garros” g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Final uchrashuvida rossiyalik tennischi jahon reytingida 114-o‘rinni egallab turgan polyak Mayya Xvalinskani mag‘lub etdi. Uchrashuv 6/3, 6/2 hisobida yakunlandi. Tennischilar kortda 1 soat 23 daqiqa harakat qildi.
Bu orqali, Andreyeva 12 yil ichida “Rolan Garros”da g‘alaba qozongan ilk rossiyalik tennischi bo‘ldi. Oxirgi marta bu natijaga 2014 yilda Mariya Sharapova erishgan edi.
Shu bilan birga, Andreyeva XXI asrda “Katta dubulg‘a” g‘olibi bo‘lgan eng yosh tennischilar orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Undan yoshroq chempionlar faqat Mariya Sharapova (17 yosh va 76 kun, Uimbldon-2004) va Emma Radukanu (18 yosh va 302 kun) hisoblanadi.
Amaldagi turnirda Andreyeva ketma-ket Fransiya vakili Fiona Ferro, ispaniyalik Marina Bassols-Ribera, chexiyalik Mari Buzkova, shveysariyalik Jil Teyxmann, ruminiyalik Sorana Kirstea va ukrainalik Marta Kostyukni mag‘lub etdi.
Live
Barchasi