Balenciaga 3 ming dollarlik skotch bilaguzukni taqdim etdi

Bu qiziq

image

Dunyoga mashhur Balenciaga brendi yopishqoq lenta (skotch) ko‘rinishidagi bilaguzukni taqdim etdi. Bu haqda “Highsnobiety” moda jurnali xabar berdi.

Qayd etilishicha, fransuz brendi Parijda bo‘lib o‘tgan 2024 yil kuz-qish ko‘rgazmasida noodatiy aksessuarni taqdim etgan. Balenciaga yozuvi bo‘lgan yopishqoq skotchdan tayyorlangan mahsulot jamoatchilikning turli xil munosabatiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bilaguzukning narxi 3 ming dollarni tashkil qiladi. Biroq, mahsulot hozirda Balenciaga’ning rasmiy veb-saytida sotuvga qo‘yilmagan.

Kuzatuvchilar “Balenciaga yozuvini ko‘rmagunimcha bu hazil deb o‘yladim”, “6 yoshimda, otamga uyning devorlarini bo‘yashga yordam berganimda, Balenciaga bilaguzugini yasagan ekanman”, “Balensiaga har yili g‘alati narsalarni chiqaradi” kabi izohlar qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Balenciaga 1919 yilda ispan dizayneri Kristobal Balensiaga tomonidan San-Sebastyanda tashkil etilgan va hozirda Parijda joylashgan moda uyi. U 1968 yilda yopilib, 1986 yilda yangi mulk ostida qayta ochilgan. Balenciaga hozirda Fransiyadagi Kering modalar guruhiga tegishli.

Nozima Xasanova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Balenciaga skotch bilaguzuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar