“Barselona” Alvares uchun “Atletiko”ga rasmiy taklif jo‘natdi
Sport
−
29 may 1220 1 daqiqa
“Barselona” hujumchi Xulian Alvares uchun “Atletiko Madrid”ga birinchi rasmiy taklifini yubordi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Blaugrana”ning taklifi 100 million yevroga baholangan va kataloniyaliklar bu kelishuvga o‘z futbolchilarini qo‘shmaslikka qaror qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Atletiko Madrid” ushbu taklifdan qoniqmagan. Biroq Xulian Alvaresning o‘zi allaqachon klub rahbariyatidan uni “Barselona”ga qo‘yib yuborishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Alvares 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan transfer qilinganidan so‘ng Madrid klubiga qo‘shilgan edi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi