Bayden Yaponiyani xafa qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Hindiston, Xitoy va Rossiyani ksenofobiyada aybladi. Shuningdek, Prezident Yaponiyaning iqtisodiy muammolariga ham uning "ksenofobiya" va qattiq immigratsiya siyosati sabab bo‘layotganini aytdi. Bu haqda u Vashingtondagi saylovoldi kampaniyasida so‘z ochdi.

"Bilasizmi, iqtisodimiz o‘sib borayotganining sabablaridan biri siz va Qo‘shma Shtatlardagi boshqa ko‘plab odamlardir. Nega? Chunki biz muhojirlarni qabul qilamiz. Nima uchun Xitoy iqtisodiy jihatdan bunchalik sekinlashmoqda? Yaponiya nega muammolarga duch kelmoqda? Chunki ular ksenofob, ular muhojirlarni kutishmaydi", degan u.

Prezident aytgan bu gaplar AQSHning Osiyodagi eng yaqin hamkorlaridan bo‘lgan Yaponiyaga qarata tosh otilishi edi. Aprel oyida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida AQSH Kongressidagi nutqida Tokio amerikaliklar o‘z mamlakati rahbariyatidan shubhalanayotgan va charchagan bir paytda Vashingtonga global tartibni saqlashda yordam berishga tayyorligini aytgan edi. Shuningdek, u Yaponiya AQSH bilan turli sohalarda munosabatlarni mustahkamlashda davom etish niyatida ekanini, chunki Vashington bilan ittifoq mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shishini ta’kidlagan edi.

Baydenning Yaponiyadagi “ksenofobiya” haqidagi gaplari munosabati bilan Yaponiya hukumati diplomatik kanallar orqali Amerika tomoniga chuqur afsus bildirdi.

“Kyodo” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika tomoni ham bu hodisadan afsusda ekanini va Baydenning bayonotlari Yaponiyadagi vaziyatni noto‘g‘ri tushunishga asoslanganligini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, Rossiya ham Baydenning yuqoridagi gaplariga rasmiy munosabat bildirdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Baydenning Rossiyani ksenofob davlatlar qatoriga qo‘shgani haqidagi bayonoti haqiqatga zid.

"Bizning fikrimizcha, bu bayonot mutlaqo teskari haqiqatni aks ettiradi. Haqiqatan ham Rossiya ba’zida faqat millat mezonlaridan kelib chiqqan holda ba’zi kompaniyalarga nisbatan mutlaqo gangster cheklovlarini kiritadimi? Muayyan millat vakillarini quvib kelayotgan Rossiyami? Yo‘q, bu bilan Rossiya emas, butunlay boshqa davlat shug‘illanadi”, degan Peskov.

Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar ham AQSH Baydenning ksenofobiya haqidagi so‘zlarini rad etdi. 

“Birinchidan, iqtisodiyotimiz inqirozga uchramagan. Hindiston har doim o‘ziga xos mamlakat bo‘lib kelgan. Men hatto jahon tarixida ochiq jamiyat sifatida ajralib turadigan Hindistondir, derdim. Hindistonga turli jamoalardan turli odamlar keladi”, degan vazir.

TIV rahbari yaqinda kuchga kirgan fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘z vatanlarida jabr-zulm bo‘lsa, Janubiy Osiyoning ayrim davlatlaridan (Pokiston, Afg‘oniston va Bangladesh) kelgan musulmon bo‘lmaganlarga soddalashtirilgan tarzda fuqarolikka qabul qilish huquqini beruvchi o‘zgartirishlarni misol tariqasida keltirdi.

"O‘zgartirishlar adashib qolgan odamlar uchun eshiklarni ochadi. O‘ylaymanki, biz Hindistonga ko‘chib o‘tishga muhtoj bo‘lgan va Hindistonga joylashish huquqiga ega bo‘lgan odamlar uchun ochiq bo‘lishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi vazir.

U tilga olgan qonun hind musulmonlarini g‘azablantirdi, ular buni dindan qat’iy nazar tenglikni e’lon qiluvchi konstitutsiyaga zid deb hisoblaydi. Respublika hukumati o‘zgartirishlar hech kimning manfaatlariga qarshi emasligiga ishontirmoqda.

Ma’lumot uchun, ksenofobiya begona, notanish, g‘ayrioddiy narsaga nisbatan murosasizlik, boshqa birovni yoqimsiz va xavfli deb bilish. Ksenofobiya mahalliy hamjamiyatdan “begona” deb hisoblangan shaxslar toifalarining chiqarilishiga, ularning siyosatda, kundalik hayotda, ishda, ta’limda va ijtimoiy ta’minotda kamsitilishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Hindiston Yaponiya Jo Bayden ksenofobiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made