Bir yil ichida 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi

Olam

image

2025 yilda O‘zbekistonning 176 nafar fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘radi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning 12 oyi davomida 3 332 nafar Ukraina fuqarosi Rossiyada ularga boshpana berish to‘g‘risida ariza topshirgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 390 kishiga kam bo‘lib, o‘sha yili Rossiyada boshpana so‘rab 3 722 nafar kishi murojaat qilgan edi. 2023 yilda esa 5 580 nafardan ortiq Ukraina fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘ragan. So‘nggi yillarda ukrainaliklar Rossiyada eng ko‘p boshpana so‘rab murojaat qilayotgan xorijiy fuqarolar bo‘lgan.

2025 yilda boshpana so‘rash bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Suriya fuqarolari qayd etilgan – 3 196 nafar. Uchinchi o‘rinda Afg‘oniston fuqarolari – 281 nafar. Shuningdek, kuchli beshlikka O‘zbekiston va Germaniya fuqarolari ham kirgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan 176 va Germaniyadan 129 nafar murojaatchi qayd etilgan.

Umuman olganda, 2025 yilda Rossiyada vaqtinchalik boshpana berish to‘g‘risida 8 220 nafar xorijiy fuqaro ariza topshirgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 1 341 kishiga ko‘p.

Rossiyada bunday maqom shaxsga mamlakat hududida qonuniy yashash huquqini beradi. Shuningdek, u maxsus ruxsatnomalarsiz ishlashi va majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiyada vaqtinchalik boshpana olgan shaxslar mamlakatga kirish va chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, ta’lim olish hamda moddiy yordamdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bu maqom yashash uchun ruxsatnoma va Rossiya fuqaroligini olish yo‘lidagi birinchi qadam hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil boshiga kelib Rossiya hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar soni 5,7 million kishigacha kamaygani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing