Biz 95 foiz masalani hal qildik – Tramp

Olam

image

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvim juda yaxshi o‘tdi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 28 dekabr kuni Zelenskiy bilan Rossiya–Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Trampning aytishicha, uning Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi hamda Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati juda yaxshi o‘tgan.

“Biz maqsadga juda yaqinmiz, balki nihoyatda yaqinmiz ham. Juda a’lo uchrashuv bo‘ldi. Juda ko‘p masalalarni muhokama qildik”, degan Amerika rahbari. 

U Zelenskiy bilan uchrashuvda masalalarning 95 foizi bo‘yicha kelishuvga erishilganini aniqlik kiritdi. Qolgan bir-ikki masala esa “kelgusi bir necha hafta ichida” muhokama qilinadi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, hududiy masala hal etilmay qolmoqda. Shu bilan birga, u tomonlar bu masalada hali yakuniy kelishuvga kelmaganini ta’kidladi. 

“Ukrainaliklarning 91 foizi urushning tugashini istaydi. Rossiya ham uning tugashini istaydi. Hamma uning tugashini istaydi”, degan Tramp. 

Qayd etish joiz, kecha, 28 dekabr kuni AQSHning Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar uchrashuvda AQSH tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasini muhokama qildi. Muzokaralar boshlanishidan avval ikki yetakchi jurnalistlar uchun qisqa bayonot berdi, lekin muzokaralar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv oldidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Mar-a-Lago

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing