Biz uchun “Real” hech qachon eng qiyin raqib bo‘lmagan – Gvardiola
Sport
−
18 mart 1317 2 daqiqa
Kecha, 17 mart kuni Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining javob uchrashuvida Angliyaning “Manchester Siti” klubini mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Real Madrid”ni eng qiyin raqib sifatida ko‘rmasligini aytdi. Bu haqda ispaniyalik mutaxassis o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz uchun “Real” hech qachon eng qiyin raqib bo‘lmagan. Balki siz, ispan jurnalistlari bilmassiz. Biz uchun haqiqiy sinov bu Yurgen Kloppning “Liverpul”iga qarshi o‘yinlar edi. O‘sha “Liverpul” bilan o‘yinlar qanchalik qiyin bo‘lganini sizlar tasavvur ham qila olmaysiz. Bu bizga ajoyib tajriba bo‘lib xizmat qilgan”, deydi Pep Gvardiola.
Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va birinchi bo‘limning yakunida sariq kartochka oldi. “SofaScore” portaliga ko‘ra, Abduqodirning maydondagi harakatlari 7,2 ballga baholandi. Taqqoslash uchun, “Manchester Citi”ning boshqa himoyachilari – Nunes 6,3, Diash, 6,5, Ait Nuri 6,5, Ake 6,5, Gehi 6,6 bal oldi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Abduqodir Husanovning Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvi ham aynan “Real Madrid” ga qarshi bo‘lib o‘tgan edi. Unda ham “shaharliklar” 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashgan.