Bloger “Real Sanjik” hibsga olindi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 noyabr kuni “Real Sanjik” taxallusi ostida faoliyat yurituvchi S. K. hibsga olingan. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, soat 19:00 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus reyd davomida ijtimoiy tarmoqlarda “Real Sanjik” taxallusi ostida faoliyat yurituvchi S. K. hibsga olingan. 

Jabrlanuvchilarga ko‘ra, bloger tovlamachilik, o‘qotar qurollarni qonunga xilof ravishda saqlash kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.

“Rasmiylardan mazkur hodisa yuzasidan izoh kutish barobarida huquqni muhofaza qilish organlarini protsessual talablarga muvofiq ish yuritishga chaqiramiz.

Blogerdan jabrlangan fuqaro J. A. ijtimoiy tarmoqda Prezident Administratsiyasi mulozimlari uning murojaatini e’tiborsiz qoldirmaganini ta’kidlagandi”, deydi Tashanov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Sanjik” bilan bog‘liq boshqa ish omma e’tiboriga tushgan edi. Ya’ni 2024 yilning avgust oyida 1997 yilda tug‘ilgan Sh.R. (yigit) 1999 yilda tug‘ilgan Sh.A. (qiz)ga uylanishini aytib, uning ishonchiga kirgan. Biroq to‘ydan avval muammolari borligi uchun uning uyini garovga qo‘yib turishni, muammolari hal bo‘lgach, unga uylanishini aytib, aldov yo‘li bilan uyni boshqa fuqaroga, ya’ni bloger va biznesmen “Real Sanjik”ga 240 ming dollarga sotib yuborgan.

Holat jamoatchilik e’tiboriga tushgach, ushbu hovlining xaridori bo‘lgan taniqli bloger va tadbirkor “Real Sanjik” 240 ming dollarlik uyni bolalar uyiga ehson qilishga qaror qilgani haqida xabar bergandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi esa bloger turarjoyni topshirishga oid notarial tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etmaganini ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi ko‘rilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov jarayonida fuqaro Sh.R. boshqa fuqarolarga nisbatan ham bir nechta firibgarlik holatlarini sodir etganligi aniqlangan.

Joriy yilning 21 noyabr kuni mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Unga ko‘ra, Sh.R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Sanjik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing