BMW urib ketgan YPX inspektori “Jasorat” medali bilan mukofotlandi

Jamiyat

image

10-sinf o‘quvchisi BMW bilan urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevnin tegishli farmoni imzolandi.

Hosilbek Eshnazarov mamlakat ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini saqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolgan holda o‘z burchini sidqidildan va yuksak sharaf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘l-patrul xizmati inspektori o‘limida gumon qilinayotgan Doniyor Turg‘unov qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

BMW YPX inspektori Hosilbek Eshnazarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing