Bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxs 2 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxsga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning avgust oyi yakunida Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollaridan bolalar pornografiyasiga oid jinoyat to‘g‘risida xabar tushgan. Bolalar ombudsmanining tezkor rasmiy so‘rovi asosida mazkur holat IIV Tergov departamenti tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatish fakti yuzasidan Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Dastlabki tergov tamomlanganidan so‘ng mazkur jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, joriy yilning 12 fevral kuni sudning ayblov hukmi e’lon qilingan.

Hukmga ko‘ra, jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan J.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax va Toshkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni internet orqali tarqatish bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bolalar ombudsmani Bolalar pornografiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing