Bolalarga 16 yoshgacha nafaqa berilishi mumkin. Qirg‘izistonda!

Olam

image

Qirg‘izistonda kelajakda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar nafaqa olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda bugun, 11 mart kuni mamlakat Prezidenti Sadir Japarov Jogorku Kenesh majlisida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, deputat Doston Bekeshev majlisda 3 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarga nafaqa berilishi to‘g‘risidagi qaror jamoatchilik tomonidan juda ijobiy qabul qilinganini aytgach, Japarov bunga javoban sovet davrida oilaning moliyaviy holatidan qat’i nazar, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nafaqa berilganini eslatgan. 

“Kelajakda byudjetimiz oshgan sari, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boy-kambag‘alligiga qarab emas, barchaga bir xil nafaqa berishga harakat qilamiz”, deydi Sadir Japarov.

Davlat rahbarining bildirishicha, hozirgi kunda mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sish yo‘lida va bu ijtimoiy to‘lovlarni bosqichma-bosqich oshirishga imkon yaratmoqda. 

Shuningdek, Japarov asosiy maqsad bolalarni qo‘llab-quvvatlashda boy-kambag‘al deb ajratmasdan, umumiy ta’minot tizimiga o‘tish ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov Qirg‘izistonda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga davlat nafaqasi berilishi haqida tegishli farmonni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa Qirg'iziston bolalar Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing