“Bormi og‘riq?” Qo‘qonlik tabib qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, farg‘onalik tabib I.S.ning O‘zbekiston xalq tabobati Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma muddati tugaganiga qaramay, noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangani haqida xabar berilgandi. Sud qarori bilan unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining bugun, 17 dekabrdagi qarori bilan xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro 1971 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan I. S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi (xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. 

Sudning qaroriga ko‘ra I. S.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli.

Ma’lumot uchun, fuqaro I. S. 2025 yil 10 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining qaroriga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga BHMning 20 baravari miqdorida ma’muriy jarima solingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qonlik tabib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing