Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi
Olam
−
05 may 1970 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirib, “qora ro‘yxat”ga 10 nafar jismoniy shaxs va 8 ta kompaniyani kiritdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan hujjatda keltirilgan.
Qayd etilishicha, ro‘yxatga Kamerun, Xitoy va Tailandda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ham kiritilgan. Bundan tashqari, yana 17 ta kompaniya va jismoniy shaxslarga nisbatan ham cheklovlar joriy etilgan.
Jumladan, sanksiyalar Rossiya kompaniyalari “Eltex Komponent” va “SNK Treyd”ga, shuningdek Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan M9 Logistics Ltd va M9 Logistics Co, Tailandning Sea 2 Sky va Canopus Trading Group, Tanaq kompaniyasi hamda Kamerundagi Enangue Holding kompaniyasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxslar orasida Elmir Sayfullin, Chulpan Islamova, Savsan Yusupova, Sergey Kaenko, Mixail Volovik, Yegor Nikitin, Anastasiya Barisheva, Konstantin Trifonov, Pavel Nikitin hamda Fransiya va Kamerun fuqarosi Mishel Gay Ateba bor.
Sanksiyalar doirasida Britaniya banklarida ushbu kompaniyalarga tegishli hisoblar aniqlansa, ular muzlatib qo‘yiladi. Shuningdek, ro‘yxatga kiritilgan jismoniy shaxslarga mamlakat hududiga kirish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini hamda Kiyevga 90 milliard yevro miqdorida mablag‘ ajratilishini e’lon qilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi