Bugun ham metan “zapravka”lar odatiy rejimda ishlaydi
Jamiyat
−
24 dekabr 6467 1 daqiqa
Bugun, 24 dekabr kuni metan “zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, faqatgina Farg‘ona vodiysida metan “zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
“Buning asosiy sababi – gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash hisobga olinadi. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning qo‘shmcha qilishicha, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda, metan “zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barcha sohalarda barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyati cheklanishi boshlangani ma’lum qilingan edi.
Kecha, 23 dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar O‘zbekiston bo‘yicha barcha metan “zapravka”lar odatdagi rejimda faoliyat yuritdi.
Live
Barchasi