Buxoroda 6 yil oldin odam o‘ldirgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Buxoroda 6 yil muqaddam sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

2018 yilning 24 aprel kuni soat 01:15 larda Buxoro shahar IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shaharning Turdi Farog‘iy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in yuz bergan. Yong‘in bartaraf qilinganida, xonadon mehmonxonasidan shu uyda yashagan fuqaroning jasadi tanasining turli joylarida jami 18 ta sanchilgan-kesilgan jarohatlar bilan topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi, 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘sha vaqtda prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruh shakllantirilib, bir qator tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan bo‘lsa-da, jinoyatni fosh etish bo‘yicha aniq natijalarga erishilmagan.

Joriy yil boshidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida farmoyishi asosida o‘tgan yillarda sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor surishtiruv tadbirlarni tiklash va fosh etish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilangan.

Ana shu jinoyat ishlari orasida yuqorida keltirilgan mudhish qotillik jinoyati ham mavjud bo‘lib, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs aniqlandi.

“Ayblanuvchining ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish tergov harakati hamda guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan jinoyat sodir qilganlikda gumon qilingan shaxsning aybi to‘liq isbotlanib, jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar jazoning muqarrarligini ta’minlash uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, 27 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin 3 kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made