Butun sivilizatsiya bugun tunda yo‘q qilinadi – Tramp
Olam
−
07 aprel 11232 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga butun sivilizatsiyani yo‘q qilish va 47 yillik rejimni tugatish bilan taxdid qildi. Bu haqda u bugun, 7 aprel kuni o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Bu kecha butun svilizatsiya yo‘q qilinadi va hech qachon qayta tiklanmaydi. Men bunday bo‘lishini xohlamayman, lekin, ehtimol, shunday bo‘ladi. Ammo bizda zolim rejimni o‘zgartirish imkoni tug‘iladi. Yangi rejimda radikallashuv kamayadi ammo aqlli onglar ustunlik qiladi. Ehtimol, ajoyib inqilob sodir bo‘lishi mumkin. Yana kim bilsin? Biz bugun kechasi dunyoning uzoq va murakkab tarixidagi eng muhim lahzalariga guvoh bo‘lamiz. Va nihoyat, 47 yillik tovlamachilik, o‘lim va korrupsiya o‘z poyoniga yetadi. Hudo Eronni o‘z panoxida asrasin!” deydi Oq uy rahbari.
Shu bilan birga, AQSH Eronning asosiy neft xabi bo‘lgan Xarg oroliga tungi zarbalar seriyasini yo‘llagan. Bu haqda “Fox News” yuqori lavozimli amerikalik mulozimga tayanib xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, 7 aprelga o‘tar kechasi AQSH aviatsiyasi oroldagi “o‘nlab” harbiy nishonlarni vayron qilgan. Pentagon hozircha bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Tehronga ultimatum qo‘ygan edi: dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning 30 foizi o‘tadigan asosiy arteriya – Hormuz bo‘g‘ozini ochish va Vashington bilan kelishuv imzolash. U ushbu shartlarni bajarish uchun “so‘nggi muhlat” sifatida 7 aprel sanasini belgilagan va aks holda Eron boshiga “do‘zax” bilan tahdid qilgan edi. “Axios” xabariga ko‘ra, AQSH ma’muriyati Eronning energetika infratuzilmasiga ommaviy zarbalar berish rejasini allaqachon tayyorlab qo‘ygan.
Shuningdek, kecha, 6 aprel kuni Donald Tramp Eronning bir kecha ichida vayron qilinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi