Buyuk Britaniyaning Erondagi elchixonasi vaqtincha yopildi

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati kecha, 14 yanvar kuni Tehrondagi elchixonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.  Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Eronda kuzatilayotgan tartibsizliklar ortidan Britaniya ushbu mamlakatdagi elchixonasini vaqtincha yopgan va endilikda “onlayn” ishlamoqda. 

“Biz Buyuk Britaniyaning Tehrondagi elchixonasini vaqtincha yopdik. Endilikda elchixona masofadan turib faoliyat yuritadi. Tashqi ishlar vazirligining sayohat bo‘yicha tavsiyalari ushbu konsullik o‘zgarishini inobatga olgan holda yangilandi”, degan hukumat vakili. 

Britaniya rasmiysiga ko‘ra, mamlakatning Erondagi elchisi va barcha konsullik xodimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Qaror xodimlar xavfsizligini ustuvor deb bilgan holda qabul qilingan. 

Bu qaror Eron rahbariyati Islom Respublikasi tarixidagi eng jiddiy ichki tartibsizliklarni bostirishga urinayotgan bir paytda va AQSH Prezidenti Donald Tramp harbiy aralashuv bilan tahdid qilayotgan sharoitda qabul qilingan. 

Shuningdek, Britaniya va AQSH Yaqin Sharqdagi ayrim harbiy bazalardan harbiylarining bir qismini olib chiqqan.
Bunga sabab sifatida Eronning yuqori martabali rasmiysi agar AQSH Islom Respublikasiga zarba bersa, Tehron qo‘shni davlatlarga tegishli Amerika bazalariga hujum qilishi mumkinligi haqida ogohlantirganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 yanvar kuni aynan “Reuters” nashri AQSH yaqin 24 soat ichida Eronga zarba yo‘llashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Buyuk Britaniya elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing