“Bo‘zsuv”da oqib ketayotgan erkak qutqarib qolindi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 19 iyun kuni Toshkent viloyatidagi “Bo‘zsuv” kanalida oqib ketayotgan erkak qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 13:00 atrofida Chirchiq shahrining “Sharq” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanali bo‘ylarida profilaktik nazorat olib borayotgan FVV qutqaruvchilari suv oqimida harakatsiz holda oqib ketayotgan fuqaroni payqab qolgan.

Shundan so‘ng qutqaruvchilar zudlik bilan suvga tushib, fuqaroni qirg‘oqqa olib chiqqan. Hushsiz holatda bo‘lgan erkakka voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli kuchli suv oqimi uni oqizib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanining Namuna mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Surxon daryosiga cho‘milish uchun borgan 6 nafar yigitdan 3 nafari daryoda cho‘kib halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'zsuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing