Chang-to‘zon ko‘tariladi – O‘zgidromet
Olam
−
09 mart 9803 1 daqiqa
Bugun, 9 mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda kechga tomon shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Live
Barchasi