“Chang-to‘zon kuzatiladi”. O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 aprel kuni O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida chang-to‘zon kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-23 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet Chang-to'zon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing