Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqqan 13 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
22 yanvar 19840 2 daqiqa
Kecha, 21 yanvar kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 7-tur o‘yinlari yakunlandi. Turnirning guruh bosqichi yakunlanishiga 1 tur qolganda 13 ta klub keyingi bosqichlarida ishtirok etishi aniq bo‘ldi.
Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga Italiyaning “Atalanta”, “Inter”, “Yuventus”, Ispaniyaning “Atletiko Madrid”, “Barselona”, “Real Madrid”, Angliyaning “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Nyukasl”, “Tottenxem”, “Chelsi”, Fransiyaning PSJ va Portugaliyaning “Sporting” jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Avvalgi turda “Arsenal” va “Bavariya” jamoalari ham muddatidan avval keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilgan edi.
Shuningdek, Qozog‘istonning “Qayrat”, Ispaniyaning “Vilyarreal”, Germaniyaning “Ayntraxt” va Chexiyaning “Slaviya” jamoalari guruh bosqichida ishtirokini yakunlashi aniq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasida o‘tgan mavsumdan buyon jami 36 ta klub ishtirok etmoqda. Barcha jamoalar guruh bosqichida 4 ta o‘yin uyda va 4 ta o‘yin safarda – jami 8 ta o‘yin o‘tkazadi. Klublar birlashtirilgan jadvalga muvofiq tartibda joylashtiriladi. Eng yaxshi sakkizta jamoa avtomatik ravishda chorak finalga yo‘l oladi. To‘qqizinchi o‘rindan 24-o‘ringa qadar bo‘lgan jamoalar esa pley-off bosqichida qolgan ishtirokchilarni aniqlash uchun o‘zaro o‘ynaydi.
Live
Barchasi