“Collins” lug‘ati yil so‘zini e’lon qildi

Olam

image

Buyuk Britaniyada nashr qilinadigan “Collins” ingliz tili lug‘ati 2025 yilning yil so‘zi sifatida “vibe coding” atamasini e’lon qildi. Bu haqda lug‘atning rasmiy saytida xabar berildi.

Lug‘at izohiga ko‘ra, “vibe coding” – bu vazifani oddiy inson tilida tasvirlab berish orqali, sun’iy intellekt yordamida kompyuter kodini yozish jarayoni. Ya’ni, odam kodni o‘zi yozmaydi, balki sun’iy intellektga qanday natija kerakligini aytadi va sun’iy intellekt kodni tayyorlab beradi.

Qayd etilishicha, bu so‘z hozir nafaqat Kremniy vodiysida, balki dunyoning ko‘plab joylarida keng qo‘llanilmoqda. Bu esa sun’iy intellektning kundalik hayotga kirib kelayotgani va madaniy o‘zgarishlarning ortayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, bundan oldin “Labubu” va “slonyara” atamalari ham 2025 yilning eng mashhur 40 ta so‘zi qatoriga kirgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oksford lug‘ati “brainrot” so‘zini 2024 yilning eng mashhur va eng yaxshi so‘zi deb e’lon qilgan edi. Ushbu so‘z 37 ming o‘quvchi orasidan ovoz berish yo‘li bilan tanlangan. “Brainrot” – bu sifatsiz onlayn kontentni haddan tashqari iste’mol qilish oqibatida insonning ruhiy yoki intellektual holatining yomonlashishiga ishora qiladi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sun'iy intellekt Collins Kremniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing