Dabdabali to‘y qilganlar “hashamat solig‘i” to‘lasin – Alisher Qodirov (video)
Jamiyat
−
16 yanvar 5751 2 daqiqa
Bundan buyon O‘zbekistonda dabdabali to‘y o‘tkazayotganlar har bir mehmon uchun odam boshiga hashamat solig‘i to‘laydi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025 yilgi faoliyati yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida, to‘y-tadbirlarni qisqartirish borasidagi savol o‘rtaga tashlandi.
“Xalqimizda ko‘rpaga qarab oyoq uzatish degan gap bor. Mana shu narsani to‘g‘ri tushunish kerak. Daromadimizni to‘ylarga isrof qilish degan narsadan qochish lozim. Bu bizning – millatimizning illatlari ekanligini har doim ta’kidlab kelganmiz. To‘ydan maqsad ikki yoshning nikohini jamoatchilikka e’lon qilishmi, marhamat, e’lon qilaylik”, deydi deputat.
Biroq, to‘ylarga ko‘p pul sarflash yaxshi emasligini, bu pullarni boshqa foydali narsalarga investitsiya qilinishi kerakligi ham aytildi. Buning oldini olishning eng maqbul usuli esa soliq joriy qilish.
“Hashamatni xohlayapsizmi, hashamatni solig‘ini to‘laymiz. Marhamat! 10 000 ta odam chaqirib to‘y qilmoqchimisiz? To‘yda odam boshiga qarab soliq hisoblansin, marhamat. 10 000 ta odamni solig‘ini dollarlab qo‘yinglar... Agar sizga shu kerak bo‘lsa, marhamat!” deydi Qodirov.
Qodirov “hashamat solig‘i” taklifi bilan odamlarning o‘z mablag‘lari sarfini va dunyoqarashlarini o‘zgartirish mumkinligi nazarda tutilayotganini alohida urg‘uladi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar