Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bu qiziq

image

O‘zgidromet joriy yilning 27-30 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 28 va 30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlaprida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda kechasi 4-9 daraja iliqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27 va 29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 va 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda kechasi 3-8 daraja iliqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda 5-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 27-28 dekabrda 10-15 daraja iliq, 29-30 dekabrda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-28 dekabrda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, 29-30 dekabrda 1-6 daraja iliq, kunduzi 27 dekabrda 3-8 daraja iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. 27 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 dekabrda 5-10 daraja sovuq bo‘ladi, 28-30 dekabrda 0-5 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing