De la Fuente nima sabab “Real” futbolchilarini chaqirmaganini aytdi
Sport
−
25 may 5152 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun e’lon qilingan tarkibda “Real Madrid” futbolchilarining yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda de la Fuente “Marca” nashriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.
“Men milliy terma jamoa murabbiyiman va bu futbolchilarning qayerda o‘ynashi men uchun ahamiyatli emas. Ular milliy terma jamoa futbolchilari. Men u yoki bu klubga qaram emasman. Menda muxlislarga xos tarafkashlik yo‘q. Men faqat shu futbolchilar milliy terma jamoani himoya qilishdan faxrlanishlarini istayman”, dedi de la Fuenteni.
De la Fuente shogirdlari jahon chempionatini joriy yilning 15 iyun kuni Kabo-Verde qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Shundan so‘ng, 21 iyun kuni Saudiya Arabistoni va 27 iyun kuni Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Undan avval, Ispaniya terma jamoasi joriy yilning 4 iyunida Iroq va 9 iyunida Peruga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Live
Barchasi