Disney+ Kevinning uyini pechenedan qurdi (video)
Bu qiziq
−
23 dekabr 2025 5315 2 daqiqa
“Uyda yolg‘iz” (Home Alone) filmining 35 yilligi munosabati bilan Disney+ kompaniyasi AQSHning Los-Anjeles shahrida kino tarixidagi eng mashhur uylardan birining ulkan “gingerbread”, ya’ni shirin xamirdan tayyorlangan nusxasini barpo etdi. Ushbu loyiha orqali jahon rekordi qayd etildi.

Mazkur uy to‘liq “gingerbread”dan yasalib, muz bilan qoplangan mazkur inshootning balandligi 8 metr, uzunligi esa 18 metrni tashkil etadi. U rasman Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta “gingerbread” uy sifatida kiritildi.
Disney+’ning brend strategiyasi va marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Zak Jerom mazkur loyiha yuzasidan mamnunligini bildirdi.
“Disney+ butun dunyo bo‘ylab, jumladan, mening oilam uchun ham bayram mavsumining ajralmas qismiga aylangan filmni shu tarzda nishonlayotganidan mamnun”, dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uyni qurish jarayonida 2,59 tonna un, 4 200 dan ortiq tuxum, 4 400 dona “gingerbread” g‘ishtlari, 800 ta tom yopish plitkalari, 75 litrdan ortiq yeyiladigan yelim hamda qariyb 9 kilogramm fondant (shakar va jelatin aralashmasi) ishlatilgan.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga “Uyda yolg‘iz” filmida tilga olingan Prins St. Pizzaning mashhur “A Lovely Cheese Pizza” taomini tatib ko‘rish imkoniyati ham yaratilgan.
Эслатиб o‘tamiz, oldinroq Disney OpenAI’ga 1 mlrd dollar sarmoya kiritishi haqida xabar berilgandi. Walt Disney Sora videoroliklar yaratish platformasining kontentni litsenziyalash bo‘yicha birinchi yirik hamkori bo‘ladi. OpenAI platformasi foydalanuvchilari yaratgan videolar to‘plami esa Disney+ servisida tomosha qilish uchun taqdim etiladi.
Live
Barchasi