Dollar kursi 11 900 so‘mdan pasaydi
Jamiyat
−
26 noyabr 5811 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 55,29 so‘mga tushdi va 11 881,60 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 19,81 so‘mga pasayib, 13 749,39 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,51 so‘mga tushdi va 151,05 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,96 so‘mga pasaydi va 1678,38 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 21 600 so‘mga ko‘tarildi va 1 mln 655 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 26 noyabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 8 mln 606 ming 561 so‘mga tushgan va 1 mlrd 35 mln 438 ming 15 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi