Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 33,51 so‘mga oshdi va 12 085,56 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 114,16 so‘mga pasayib, 13 870,60 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,78 so‘mga tushdi va 164,52 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 2,29 so‘mga ko‘tarilib, 1 785,74 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 100 so‘mga tushdi va 1 mln 848 ming 600 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 18 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 7 mln 797 ming 897 so‘mga tushdi va 772 mln 291 ming 925 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing