Dollar kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
29 dekabr 4857 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 31,99 so‘mga tushdi va 12 025,33 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 30,44 so‘mga pasaydi, 14 162,23 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,09 so‘mga ko‘tarildi va 155,25 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani ham 4,49 so‘mga pasaydi va 1716,24 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming 600 so‘mga oshdi va 1 mln 792 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 29 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 15 mln 439 ming 800 so‘mga tushgan va 1 mlrd 53 mln 714 ming 675 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi