Dollar kursi yana tushdi
Jamiyat
−
18 fevral 10508 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,38 so‘mga tushdi va 12 132,48 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 19,72 so‘mga pasaydi va 14 360 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,96 so‘mga oshdi va 159,09 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 0,77 so‘mga pasaydi va 1756,12 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 25 ming 200 so‘mga tushdi va 1 mln 987 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 18 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 1 mln 685 ming 992 so‘mga tushgan va 822 mln 27 ming 924 so‘m etib belgilangan.