O‘zbekistonda dollar qiymati keskin tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 69,22 so‘mga pasaydi va 11 940,70 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 94,64 so‘mga tushib, 13 839,27 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,4 so‘mga  tushdi va 147,40 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 10,52 so‘mga pasaydi va 1679,16 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 800 so‘mga oshgan va 1 mln 623 ming 600 so‘mni tashkil qilgan.
 
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 58 mln 930 ming 607 so‘mga pasaygan va 1 mlrd 89 mln 385 ming 883 so‘m etib belgilangan. 

Qayd etish joiz, dollarning rasmiy kursi oxirgi marta joriy yilning 11 noyabr kuni 12 ming so‘mdan tushib, 11 990 so‘mni tashkil qilgandi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Dollar Evro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing