Dollarning rasmiy kursi yana oshdi
Jamiyat
−
06 fevral 4405 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,68 so‘mga oshdi va 12 303,16 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 0,32 so‘mga pasaydi va 14 507,89 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,51 so‘mga oshdi va 159,76 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 4,25 so‘mga ko‘tarildi va 1773,07 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 35 ming 100 so‘mga tushdi va 1 mln 968 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 6 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 59 mln 546 ming 478 so‘mga tushgan va 809 mln 119 ming 98 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi