Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
10 dekabr 12535 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,72 so‘mga oshdi va 12 020,90 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 1,41 so‘mga ko‘tarilib, 13 988,72 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,19 so‘mga tushdi va 155,49 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 2,56 so‘mga balandladi va 1701,74 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 10 ming 400 so‘mga oshdi va 1 mln 669 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 10 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 25 mln 730 ming 595 so‘mga oshgan va 1 mlrd 109 mln 61 ming 360 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi