Dubaydagi diplomatning xotini 10 yildan beri zo‘ravonlikka uchrayotganini aytib chiqdi (video)

Olam

image

Qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi eri tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchrayotganini aytib chiqdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Saken Mamash o‘z xotinini muntazam kaltaklab kelgan va 5 may kuni xotinining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatgan. 

"Dina, salom! Men Mamash Karina Gosmanovna, BAAdagi elchixona maslahatchisi Mamash Sakenning rafiqasiman. Men 10 yildan beri zo‘ravonlikka duchor bo‘layotganimni e’lon qilaman. Erimning diplomat maqomidan mahrum etilishini va menga nisbatan qilgan barcha harakatlari uchun qamoqqa tashlanishini istayman. Men jismoniy, jinsiy, hissiy, iqtisodiy, maishiy, oilaviy zo‘ravonlikka uchrayapman", deyiladi ayolning murojaatida. 

Ayrim nashrlarning yozishicha, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi elchixona maslahatchisi Saken Mamashni zudlik bilan chaqirib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Dubay diplomat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made