Dunyo yetakchilari xalqaro vaziyatni muhokama qilish uchun Turkiyaga bordi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an homiyligida va mamlakat Tashqi ishlar vazirligi mezbonligida 17–19 aprel kunlari Antaliya diplomatik forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, forumning bu yilgi mavzusi “Ertani loyihalashda noaniqliklar bilan kurashish” bo‘lib, asosiy diqqat markazida bugungi xalqaro tizimda kuchayib borayotgan noaniqliklar sharoitida davlatlarning qanday yo‘l tutishi, global tartibdagi o‘zgarishlarga moslashish va barqarorlikni ta’minlash masalalari turadi.

Antaliya Diplomatik forumi 2021 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. Tadbirga bu yil ham turli davlatlardan 20 dan ortiq prezident va bosh vazirlar, 50 dan ziyod tashqi ishlar vazirlari hamda yuzlab rasmiy delegatsiyalar va xalqaro tashkilot vakillari tashrif buyurgan.

Xususan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev forumda ishtirok etish uchun Antaliya shahriga yetib borgan.

Ushbu forumda geosiyosiy keskinliklar, davom etayotgan mojarolar, ko‘p tomonlama hamkorlikning zaiflashuvi va diplomatik muloqotni kuchaytirish zarurati muhokama qilinadi. 

Shuningdek, davlatlar o‘rtasida ishonchni tiklash, mintaqaviy va global muammolarni muzokara orqali hal qilish hamda kelajakdagi xavflar va imkoniyatlarni oldindan ko‘ra olishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqish asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Antaliya diplomatik forumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing