Dunyoda semizlar soni milliarddan oshdi. Buning sababi nima?

Bu qiziq

image

Yer sayyorasidagi har sakkizinchi odam, ya’ni 1 milliarddan ko‘proq odam bugungi kunda semizlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda "Lancet" tibbiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 1990 yildan buyon semirib ketganlar soni 4 baravarga, 226 milliondan 2022 yilda 1 milliard 38 millionga oshgan. Ulardan 504 millioni ayollar (o‘sish 18,5 foiz), 374 millioni erkaklar (14 foizga o‘sgan).

Muammo bolalar va o‘smirlarga ham ta’sir qilgan. Bu boradagi ko‘rsatkich 1990 yilda 31 milliondan 2022 yilda 159 milliongacha, ya’ni besh baravarga oshgan. 

Semizlik bu nafaqat estetik kamchilik, balki rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklar ham – qandli diabetning 2 turi, saraton, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo‘shma kasalliklar va boshqalar. Shu bilan birga, semiz erkak va ayollarda ko‘payish funksiyasi kamayadi yoki yo‘qoladi, qandli diabet, jigar semirib ketishi, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin. 

Shifokorlarning fikricha, ortiqcha vazn bevaqt o‘lim xavfini uch marta oshiradi.

Ushbu kasallikning eng keng tarqalgan sababi – ortiqcha ovqat iste’mol qilish tufayli ovqatlanish xulq-atvori buzilganligi. Organizmga kirib kelgan kaloriyalar kundalik jismoniy faoliyat jarayonida yoqilib ketadi, ishlatilmagan kaloriyalar esa ko‘pincha yog‘ to‘qimalarida saqlanadi.

Bundan tashqari, semirib ketishning bir necha sabablari bor: kam harakatli hayot tarzi, antidepressantlar va gormonlar ichish, jismoniy ahvoli (homiladorlik, emizish, jismoniy salohiyat kamayishi), genetik moyillik.


Maqola muallifi

Teglar

semizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar