Dunyoning eng go‘zal ayoli aniqlandi

Olam

image

Chexiyalik model Natali Pushkinova 2025 yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovida mutloq g‘olib bo‘ldi. Tanlovning final bosqichi “Critical Beauty Philippines” kanali tomonidan efirga uzatildi.

Tanlov kecha, 5 noyabr kuni Filippin poytaxti Manila shahrida o‘tkazilgan. Tanlovda “Havo malikasi” nominatsiyasini Islandiyadan Sollis Vala Ivarsdottir qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Suv malikasi” nominatsiyasini Vetnamdan Chin Mi An, “Olov malikasi” nominatsiyasini esa Tailanddan Vari Ngamkham qo‘lga kiritgan. 

Tanlovda jami 79 mamlakat vakillari ishtirok etgan. Eng yaxshi ko‘rinish uchun sovrin Kolumbiyaga, kechki libos ko‘rinishi uchun Kuba vakiliga berilgan.

Natali Pushkinova 21 yoshda. U Praga yaqinida yashaydi va Karl universitetida “Marketing kommunikatsiyalari va ommaviy aloqalar” bo‘yicha tahsil oladi. U model sifatida ishlaydi. 

Avval Pushkinova anoreksiyadan aziyat chekkan. Model agentligida uni vazn yo‘qotishga majburlashgan va bu deyarli hayotiga xavf solgan. 

Pushkinova shuningdek, mashhur shoir Aleksandr Pushkin bilan uzoq qarindosh bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi. 

Ma’lumot uchun, “Dunyo go‘zali” tanlovi dunyodagi eng yirik go‘zallik tanlovlaridan biri bo‘lib, “Miss Universe”, “Miss World” va “Miss International” bilan bir qatorda o‘tkaziladi. Tanlov 2001 yildan beri tashkil etiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi – go‘zallik tanlovlarini ekologiya bo‘yicha xabardorlikni oshirish vositasi sifatida rivojlantirish. Ishtirokchilar nafaqat go‘zallikda, balki ekologik bilimlarda ham bellashadi. G‘oliblar keyinchalik butun dunyo bo‘ylab atrof-muhitni himoya qilish elchilari sifatida faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turmush qurgan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan 25-umumrossiya go‘zallik tanlovi – “Missis Rossiya – 2025” unvoniga Magnitogorskda yashovchi 37 yoshli Yekaterina Semenova sazovor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Dunyo go'zali Suv malikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing