Endi Qozog‘istonda kelin olib qochganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Olam

image

Qozog‘istondagi Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman idorasi jinoiy qonunchilikka kelin o‘g‘irlashning oldini olishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Ombudsman idorasi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi.

“Komissiya a’zolariga Jinoyat kodeksiga alohida 125-1- moddasi – “Nikohlash maqsadida odam o‘g‘irlash”ni kiritish taklifi allaqachon yuborilgan. Bu bizning fikrimizcha, profilaktik ta’sirga ega bo‘lib, ayollarga qarshi jinoyatchilik darajasini pasaytirish imkonini beradi", deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksidagi 125-moddani, ya’ni, jabrlanuvchi ixtiyoriy qo‘yib yuborilgan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qismini olib tashlash taklif etilgan.

Bunga Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi keltirilib, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonning jinoiy qonunchiligida ayollarni majburan nikohga olish maqsadida o‘g‘irlash to‘g‘risida alohida modda borligini ko‘rsatilgan.

“Bosh prokuratura Ombudsman taklifini qo‘llab-quvvatladi va o‘zgartishlar qonun ijodkorligi faoliyati jarayonida birgalikda kiritiladi”, deyiladi xabarda. 

Hisobotda qayd etilishicha, Qozog‘istonda, ayniqsa, janubiy viloyatlarda qizlarni turmushga berish maqsadida o‘g‘irlash amaliyoti hamon keng tarqalgan. Ba’zi hollarda bunday harakatlar jinsiy daxlsizlik, kamsitish, noqonuniy qamoqqa olish va hatto o‘z joniga qasd qilishga olib keladi.

“Vaziyatni ayollarga majburlashning bunday turi qo‘llangani haqida xabar berishga imkon bermaydigan mavjud stereotiplar tufayli bu holatlarning asosan yashirin bo‘lganligi yanada og‘irlashtirmoqda. Aksariyat hollarda yoshlar jinoiy javobgarlik haqida ham bilishmaydi. Bu og‘ir jinoyat ekanligini, inson huquqlarining shaxsiy daxlsizligi va erkinligini qo‘pol ravishda buzish ekanini kam odam tushunadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston kelin jinoiy javobgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made