Endi ko‘p qavatli uy qurish bo‘yicha tayyor loyihalar auksionga qo‘yiladi
Jamiyat
−
14 aprel 2547 1 daqiqa
Joriy yil 1 oktyabrdan Toshkent va Samarqand shahridagi kompaniyalar ko‘p qavatli uylar qurish uchun yerlarni qurilishga ruxsati, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i va dastlabki loyihasi bilan birga tayyor holda auksionga chiqaradi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda aholini uy-joyga bo‘lgan talabini ta’minlash doimiy diqqat markazida bo‘lishi shartligi ta’kidlangan. So‘nggi yillarda 56 ta “Yangi O‘zbekiston” massivining infratuzilmasi uchun 4 trillion 100 milliard so‘m mablag‘ berilgan. Joriy yil ushbu maqsadlarga yana 1 trillion 400 milliard so‘m ajratilmoqda.
Lekin 2025 yilda Toshkent viloyatida 2,1 mingta, Samarqandda 1,5 mingta, Farg‘onada 1,3 mingta, Toshkent shahrida 1 mingta, Jizzaxda 380 ta xonadon foydalanishga topshirilmagan.
Soha mutasaddilari va hokimlar bu yil “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 34 ming xonadonni qurib bitkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Qurilishi davom etayotgan massivni kengaytirishga o‘sha hududdagi 85 foiz kvartirani egasiga topshirganidan keyingina ruxsat berilishi belgilangan.
Poytaxt va Samarqand tajribalari asosida investitsiya kompaniyalari tashkil qilingan. Bu kompaniyalar 1 oktyabrdan boshlab, ko‘p qavatli uylar qurish uchun yerlarni qurilishga ruxsati, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i va dastlabki loyihasi bilan birga tayyor holda auksionga chiqaradi.
Live
Barchasi