Endi portativ lazerdan noqonuniy foydalanganlar jazolanadi
Jamiyat
−
20 aprel 3033 1 daqiqa
Endi O‘zbekistonda portativ lazerdan noqonuniy foydalanganlar va ishlab chiqarganlar jazolanadi. Bu haqda joriy yilning 17 aprel kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.
Mazkur qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Shunirngdek, portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekistondan olib chiqish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.
Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekistonga olib kirish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.
Shuningdek, ushbu qonun bilan mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda tayanch punktlarining tarkibi, ularda xizmat qiluvchi inspektorlarning vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Live
Barchasi